TERMIZDA "NAMUNALI OILA" KO‘RIK TANLOVI O‘TKAZILDI
Kuni kecha Termiz shahridagi Yoshlar markazida Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari hamda viloyat "Qo‘riqlash" boshqarmasi xodimlari va ularning oila a’zolari ishtirokida "Namunali oila” ko‘rik tanlovi tashkil etildi.
Hay’at a’zolari oilalar orasidan eng namunalilarni tanlov shartlariga asosan xolisona baholab bordilar. Unda ishtirokchilar "Tanishtiruv", "Tezkor savol-javob" va "Oilaviy hayot ko‘nikmalari" kabi shartlarda bellashdilar.
Tadbir doirasida vohalik san’atkorlar tomonidan kuy-qo‘shiq va raqslar namoyish etilgani yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.