Yangiliklar

7 Aprel 2023

TERAN ANGLANGAN TARIX – YOSHLAR NIGOHIDA

Kuni kecha Jizzax viloyat Mirzacho‘l tumani "Qo‘riqlash" bo‘limi va tuman xalq ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda 1-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirokida tumandagi O‘lkashunoslik va Kosmonavtlar muzeylariga sayohat uyushtirildi.

Sayohat davomida o‘quvchilar muzeyga qo‘yilgan eksponatlar bilan tanishish barobarida ular haqidagi qiziqarli ma’lumotlarga xam ega bo‘ldilar. Sayohat yakunida ertamiz egalariga tuman madaniyat markazi a’zolari tomonidan "Milliy san’atimiz jilosi" deb nomlangan konsert dasturi namoyish etildi.