NAZARIYADA OLINGAN BILIMLAR AMALIYOTDA MUSTAHKAMLANDI
Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida ta’lim olayotgan tinglovchilarning kasbiy bilimlarini oshirish, amaliy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida Toshkent shahar "Qo‘riqlash" boshqarmasi Chilonzor tuman "Qo‘riqlash" bo‘limida amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida tinglovchilar "Qo‘riqlash" xizmatida texnik qo‘riqlash markazlarining faoliyati hamda obyekt va fuqarolarning xonadonlarini qo‘riqlovini tashkil etish tartibi, tezkor harakatlanuvchi guruh xodimlarining bevosita vazifalari bilan yaqindan tanishdilar.