TEATR MAʼNAVIYAT VA MAʼRIFAT MASKANIDIR!
Inson maʼnaviy olamini yuksaltirishda, ong va tafakkurini teranlashtirishda teatr sanʼatining oʻrni beqiyos. Zero, sanʼat odamlarni ezgulikka chorlaydi, yaxshilikka undaydi, eng goʻzal his-tuygʻularni inʼom etadi. Teatr shunchaki oddiy tomoshaxona emas, balki tarbiya, madaniyat, maʼnaviyat va maʼrifat maskanidir.
Milliy gvardiya Xorazm viloyati boʻyicha boshqarmasi va "Qoʻriqlash" boshqarmasining harbiy xizmatchi va xodimlari, inspektor-psixologlar va ularning oila aʼzolari, shuningdek, viloyatda tashkil etilgan oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilarining boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida Urganch shahridagi Ogahiy nomidagi musiqali-drama teatrida taniqli rus yozuvchisi Nikolay Goglning "Revizor" asari asosida sahnalashtirilgan komediyasi namoyish etildi.
Jahon mumtoz dramaturgiyasining durdonasi boʻlmish “Revizor” asari qaysi davrda boʻlmasin, inson tabiatidagi fazilatlarini, qusurlari bilan yashovchan ekaniga, zamon oʻzgarsa ham oʻziga xos qiyofada namoyon boʻlishiga amin boʻlamiz.