TEATR – MAʼNAVIYAT OʻCHOGʻI
Kuni kecha Jizzax viloyat musiqali drama teatrida Milliy gvardiya Jizzax viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi tashabbusi bilan xodimlar va ularning oila-aʼzolarining maʼnaviyatini yuksaltirish, shuningdek boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va madaniy xordiq olishlarini taʼminlash maqsadida spektakl namoyishi etildi.
Aktyorlar tomonidan namoyish etilgan ijro va bir birini takrorlamas hayotiy tasvirlar oʻzining tarbiyaviy ahamiyatga egaligi bilan koʻplab mushohadalarga sabab boʻldi. Spektakldagi oilaviy munosabatlar va ulardagi insoniy fazilatlar va kelib chiqishi mumkin boʻlgan salbiy holatlar tomoshabin tushunishi uchun sodda tarzda sahnada gavdalantirildi. Bu kabi tadbirlar xodimlardagi oilaviy munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi desak adashmagan boʻlamiz.