Yangiliklar

28 Avgust 2025

TEATR – MAʼNAVIYAT OʻCHOGʻI

"Teatr bu ibratxonadir". Bu tarif alloma Mahmudxoʻja Behbudiy tomonidan ishlatilgan boʻlib, shu qisqa jumlada bir olam maʼno bor. Haqiqatdan ham teatr har qanday davrda, doim ham hayotiy saboqlar beruvchi jonli vosita hisoblangan. Inson maʼnaviyatini yuksaltirishda teatrning alohida oʻrni bor.

Xodimlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish hamda maʼnaviy dunyoqarashini boyitish maqsadida Fargʻona viloyati musiqali drama teatrida "Taqdirlar oshyoni" nomli komediya spektakli namoyishiga tashrif buyurishdi. Voqealar rivojida kulgu va hazil-huzur orqali inson hayotining kutilmagan burilishlarini koʻrsatadigan yorqin komediya spektakldir.

Asarda bir nechta qahramonning taqdir yoʻllari tasodifan kesishib ketadi va bu holatlar kutilmagan komediyali vaziyatlarni keltirib chiqaradi. Spektaklda asosiy voqealar bir uyda yuz beradi, va undagi personajlar — bir-biridan qiziq, xarakteri turlicha insonlar. Har biri oʻz muammosi va niyatlari bilan kelgan, lekin taqdir "oshyoni"da ular umuman boshqacha holatlarga tushib qolishadi.

Inson qadri va mehr-muhabbat haqidagi mazkur asar yosh xodimlar qalbida oʻchmas iz qoldirdi desak mubolagʻa qilmagan boʻlamiz.