TEATR – MAʼNAVIYAT VA TARBIYA MASKANI
Teatr bu har bir inson uchun maʼnaviy tarbiya maskani demakdir. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2023 yil 22 dekabr kuni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining kengaytirilgan yigʻilishida 9 yoʻnalishda bildirilgan fikrlarining aynan uchinchisi ham teatr sohasiga oid ekanligi bejiz emas.
Shu asnoda, Milliy gvardiya Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda "Qoʻriqlash" boshqarmasi tomonidan harbiy xizmatchi va xodimlar, shuningdek ularning oila aʼzolari va oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilarining dam olish kunlarini maroqli va mazmunli oʻtkazish maqsadida Andijon viloyat musiqali drama teatrida "Toʻylar muborak" deb nomlangan spektakl namoyish etildi.
Quvonarlisi, tomoshaga tashrif buyurgan har bir tomoshabin ularni iliq qarshi olishdi va qarsaklar bilan olqishlab turishdi.