Yangiliklar

4 Mart 2024

TEATR – MAʼNAVIYAT OʻCHOGʻI

Milliy gvardiya Fargʻona shahar "Qoʻriqlash" boʻlimi xodimlari va ularning oila aʼzolari, shuningdek, maktab oʻquvchilari Fargʻona shahridagi musiqali drama teatriga tashrif buyurishdi.
Bu yerda ishtirokchilar uchun teatr jamoasi tomonidan sahnalashtirgan “Sehrli libos” spektakli namoyish etildi. Mazkur spektaklda hozirgi vaqtda jamiyatdagi ayrim salbiy holatlar satirik yoʻnalishda koʻrsatib berildi. Davlat idorasidagi korrupsion holatlar, poraxoʻrlik illati aktyorlar tomonidan mohirona ijro etildi.
Namoyish etilgan sahna koʻrinishi ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, ularning dunyoqarashini kengaytirishga, hushyorlikka, vaqtni mazmunli oʻtkazishga chorlashga xizmat qildi.