TARIXIY OBIDALARGA SAYOHAT TASHKIL ETILDI
Samarali xizmat olib borishning asosiy garovi maroqli xordiq hisoblanadi. Ana shu maqsadda Xorazm viloyati “Qo‘riqlash” boshqarmasi xodimlari va ularning oila a’zolari, shuningdek, oilaviy bolalar uylar farzandlari uchun Xiva shahridagi Ichan qal’a davlat muzeyiga sayohat tashkil etildi.
Tinchlik posbonlari 2700 yillik tarixga ega bo‘lgan a’zim Xiva shahri haqidagi tarixiy ma’lumotlar bilan tanishdi va hozirgi davrda ham tarixiy obidalari o‘z mahobatini yo‘qotmaganiga guvoh bo‘ldilar.
Ayniqsa sayohat yoshlar uchun juda qiziqarli bo‘ldi. Tarixiy qadamjolarga tashrif davomida tinchlik posbonlari va ularning oila a’zolari ko‘plab qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Bolalarning ta’kidlashlaricha ular mazkur me’morchilik obidalari haqida kitoblarda ko‘p o‘qigan bo‘lsalarda, biroq, o‘z ko‘zlari bilan tarixiy haqiqatlarni borib ko‘rish, ular bilan yaqindan tanishish juda maroqli va unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi.