Yangiliklar

17 Aprel 2023

TARIX HAQIDAGI YANGI KO‘NIKMALAR MUSTAHKAMLANDI

Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat "Qo‘riqlash" boshqarmasi, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi mas’ullari tomonidan “Buyuk Temuriylar saltanatida madaniy hayot” shiori ostida uchrashuv tashkil etildi.

Talabalar tomonidan buyuk saltanat asoschisi Sohibqironning zalvorli yurishlari, tarixiy g‘alabali shuningdek, ijtimoiy-madaniy hayot, barqaror turmush hamda bunyodkorlik namunalari haqida qiziqarli faktlar o‘rtaga tashlandi.

Tarixchilarning Amir Temur haqida yozib qoldirgan fikrlari, jahon muzeylarida saqlanayotgan Sohibqiron haqidagi qimmatli ma’lumotlar ham yig‘ilganlarga taqdim etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar Amir Temur bosib o‘tgan yo‘li, shonli g‘alabalari hamda hayoti xususida gapirib, uning jasurligi va adolatparvarligi haqida tadbir ishtirokchilariga ma’lumot berildi.

Shundan so‘ng Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari tomonidan "Odil hukmdor" nomli spektakl namoyish etildi.