Yangiliklar

17 Iyul 2023

TARGʻIBOTLAR SAMARASI NATIJASIDA KO‘PLAB YANGI OBYEKTLAR QO‘RIQLOVGA OLINISHIGA ERISHILMOQDA

Bugungi kunda “Qo‘riqlash” bosh boshqarmasi tomonidan zamonaviy texnologiyalar yordamida uy-joy va mol-mulk, qolaversa, fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan keng qamrovli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Kuni kecha Qashqadaryo viloyat "Qo‘riqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan aholi va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida xizmat afzalliklarini targ‘ib etish maqsadida navbatdagi tadbir o‘tkazildi.

Unda “Qo‘riqlash” boshqarmasi xodimlari shartnoma asosida davlat ob’yektlari jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini qo‘riqlash, shuningdek, qo‘riqlanayotgan obyektlarda jamoat tartibini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va bartaraf etish kabi vazifalarni amalga oshirish orqali xalqimiz tinchligini ta’minlanib kelinayotganligi ta’kidlandi.

Navbatdagi targ‘ibot "Qo‘riqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan Qarshi shahrida joylashgan aholi gavjum, ko‘ngilochar savdo markazi hamda bir qator savdo do‘konlarida o‘tkazilib, integrallashgan qo‘riqlov vositalarini namoyishi orqali aholiga qo‘riqlashning texnik vositalar orqali qanday ishlashi tushuntirildi.