Yangiliklar

4 Iyul 2023

TARGʻIBOT TADBIRLARIDA YANGI OB’YЕKTLAR QO‘RIQLOVGA OLINISHGA ERISHILMOQDA

Nukus shahridagi Jaңa bazar mahallasida Nukus shaharlararo "Qo‘riqlash" bo‘limi xodimlari tomonidan fuqarolar orasida "Qo‘riqlash" xizmati afzalliklari to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar berish maqsadida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazildi.

Ochiq muloqotlar davomida xodimlar hayotimizga tadbiq etilayotgan zamonaviy qo‘riqlash signalizasiya uskunalaridan samarali foydalanishning afzalliklari nimalardan iborat ekanliklari, "ISUZU" markali targ‘ibot avtobusi va tezkor harakatlanuvchi guruh xodimlarining xizmatlari to‘g‘risida fuqarolarga tushuntirib o‘tdilar.

O‘tkazilgan tadbirlar natijasida bir necha fuqarolar mazkur xizmat turlaridan foydalanish tartiblari, shartnomalar rasmiylashtirish hamda oylik to‘lovlar borasida qiziqib, o‘z xonadonlarini ishonchli qo‘riqlovga topshirish istagini bildirdilar.