Yangiliklar

2 Oktyabr 2023

YOʻL HARAKATI XAVFSIZLIKNI TAʼMINLASH BORASIDAGI TIZIMLI ISHLAR

Fargʻona shahar IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi bilan hamkorlikda Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi shaxsiy tarkibi oʻrtasida profilaktik tadbir oʻtkazildi.

Ochiq muloqotlar davomida YHXB mutaxassislari tomonidan yoʻl harakati qoidalariga soʻnggi kiritilgan oʻzgarish va qoʻshimchalar, harakat davomida asosiy eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan jihatlar, yoʻl transport hodisalariga sababchi holatlar va ularni oldini olishga qaratilgan tizimli choralar toʻgʻrisida gapirib oʻtildi. Bundan tashqari belgilangan tezlikni meʼyoridan oshirmaslik, spirtli ichimlik isteʼmol qilgan xolda hamda texnik nosoz transport vositalarini boshqarmaslik lozimligini taʼkidlab oʻtildi.

Oʻtkazilgan profilaktik tadbirda transport vositalarini boshqarishda roʻy berayotgan salbiy holatlar va ayanchli kechgan videolavha ham namoyish etildi. Shuningdek, yigʻilish ishtirokchilarida tugilgan savollarga atroflicha javob berildi.