Yangiliklar

18 Fevral 2026

Yurtimizga uzoq kutilgan muqaddas Roʻzayi Ramazon oyi kirib keldi. Mazkur oyning xayrli amallarini bajarish maqsadida fuqarolarimiz uylariga, taroveh namozlariga ado etish uchun masjidlarga shoshadilar.

Bunday vaziyatlarda aholi xavfsizligi hamda jamoat tartibini saqlash maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar doimiy ravishda oʻz xizmat burchlarini bajarishadi. Xususan, Navoiy viloyatida ham ichki ishlar organlari xodimlari hamkor tashkilotlar bilan birgalikda fuqarolarning qulayligi va xavfsizligi haqida alohida gʻamxoʻrlik koʻrsatmoqda. Ular masjidlar yaqinida transport harakatini muvofiqlashtiradi, odamlar koʻp boʻlganda tartibni saqlashga yordam beradi va asosiy nuqtalarda politsiya boʻlinmalarining mavjudligini taʼminlaydi.

Ana shunday uyushqoqlik bilan olib borilayotgan ishlar natijasida moʻmin-musulmonlar davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotganini, eʼtibor qaratilayotganini his etib, bemalol ibodat bilan mashgʻul boʻlishlari mumkin.