Yangiliklar

23 Aprel 2023

SURXONDARYODA XIZMAT VAQTIDA HALOK BO‘LGAN XODIMLARNING OILA A’ZOLARI HOLIDAN XABAR OLINDI

Xayru saxovat va shukronalik timsoli bo‘lgan muqaddas Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan Surxondaryo viloyatida "Qo‘riqlash" boshqarmasi tizimida faoliyat yuritib, Vatanimiz tinchligi, fuqarolar osoyishtaligi yo‘lida qurbon bo‘lgan marhum xodimlar xonadonlariga tashrif buyurilib, ularning oila a’zolari holidan xabar olindi.

Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, viloyat "Qo‘riqlash" boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari hamda Jarqo‘rg‘on tumani "Qo‘riqlash" bo‘limi mas’ullari tumandagi “Beshbuloq” mahallasida tug‘ilib o‘sgan marhum Abzoir Tursunov hamda Alisher Eshmo‘minovlarning xonadonlarida bo‘lishib, yaqinlarini Ramazon hayiti ayyomi bilan qutladilar. Ularning porloq xotirasi, ko‘rsatgan jasoratlari yodga olindi. Boshqarma rahbariyatining tabrigi yetkazilib, bayram sovg‘alari berildi.