Yangiliklar

13 Oktyabr 2023

QATʼIY TARTIB-INTIZOM – MUSTAHKAM XIZMAT ASOSIDIR

Kuni kecha Qashqadaryo viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi rahbariyati hamda Qarshi harbiy prokuraturasi xodimi adliya podpolkovnigi S.X.Ashrapov hamkorligida oldi olinayotgan jinoyatlar, shuningdek, qonuniylik va intizom holatlari yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Mazkur yigʻilishda "Qoʻriqlash" xizmati va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar oʻrtasida hamkorlik, xodimlar oʻrtasida esa xizmat intizomini mustahkamlash, ularning muammolarini oʻrganish hamda qonunchilikdagi oʻzgarish va yangiliklardan ularni oʻz vaqtida xabardor qilish masalalari koʻrib chiqildi. Tadbir yakunida xodimlarning xizmat sifatini yanada oshirish, ijrochilik intizomi, shaxsiy xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya etish boʻyicha tegishli vazifalar berildi.