Yangiliklar

27 Aprel 2023

“STRЕSS VA DЕPRЕSSIYADAN CHIQISH" MAVZUSIDA TRЕNING MASHG‘ULOTI O‘TKAZILDI

Namangan viloyat "Qo‘riqlash" boshqarmasi psixolog mutaxassislari tomonidan shaxsiy tarkibning ruhiy holatidagi o‘zgarishlarning oldini olish, ularda kechayotgan turli xil stress va depressiya holatlaridan chiqish hamda xizmat samaradorligini yaxshilash maqsadida xizmat psixologlari tomonidan treninglar tashkil etildi.

Namangan shahar "Qo‘riqlash" bo‘limi harbiylashtirilgan nazoratchilari bilan kundalik stress hamda muammoli vaziyatlar kuzatilganda o‘zini-o‘zi boshqarish, malakasini oshirish maqsadida “Stress va depressiyadan chiqish" mavzusida trening mashg‘uloti o‘tkazildi.