XIZMAT INTIZOMINI MUSTAHKAMLASH MUZOKARA MARKAZIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jizzax viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda viloyat "Qoʻriqlash" boshqarmasi boshliqlari va mutasaddi rahbarlar ishtirokida shaxsiy tarkib oʻrtasida xizmat intizomini mustahkamlash, xodimlar tomonidan sodir etilishi mumkin boʻlgan koʻngilsizliklarning oldini olish maqsadida seminar tashkil etildi.
Soʻzga chiqqanlar ijrochilik intizomi, xizmat hujjatlarini yuritilishi, avtotransport vositalaridan foydalanishda xavfsizlik va yoʻl qoidalariga qatʼiy amal qilishlari, shuningdek tavakkalchilikka asoslangan internet oʻyinlarni oʻynamasliklari, korrupsiya, tamagirlik kabi illatlarga aralashib qolishlarining oldini olish boʻyicha tushunchalar berildi. Tadbir davomida burchga sadoqat, vatanparvarlik, fidoyilik, xushmuomalalik kabi fazilatlarni va shukronalik hislari xususida gapirdilar.
Tadbir soʻngida kasbiga sadoqat namunasini koʻrsatgan xodimlarga va ularni fidoyi inson boʻlib kamol topishida xizmatlari beqiyos ota-onalarga tashakkurnomalar topshirildi.