MUHOKAMA MARKAZIDA XIZMAT INTIZOMINI MUSTAHKAMLASH
Kuni kecha Milliy gvardiya Toshkent viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi xodimlari ishtirokida xizmat intizomini mustahkamlash, xodimlarning huquqiy bilimlarini yanada oshirish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda asosiy e’tibor fuqarolarning mol-mulki, xonadon va obyektlarining ishonchli qo‘riqlovini ta’minlash, hamda xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash borasidagi ishlar samaradorligini yanada oshirishga qaratildi.
Shuningdek, tadbirda so‘z olganlar Qo‘riqlash bosh boshqarmasi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi haqida so‘z yuritishar ekan, ba’zi yo‘nalishlarda hali uchrab turgan kamchiliklarni bartaraf etish borasida ham zaruriy ko‘rsatmalar berildi. Bundan tashqari xodimlar o‘rtasida korrupsiya va boshqa qonunbuzilish holatlarini oldini olish, salbiy holatlarni yuzaga keltiruvchi shart-sharoitlar va omillar xususida tushunchalar berildi.
Davra suhbati yakunida xodimlar bilan individual suhbatlar o‘tkazilib, ular ishtirokida psixologik treninglar ham tashkillashtirildi. Bu esa tizimda xizmat sifatini yanada oshirish, shaxsiy tarkib ruhiy holatini o‘rganish va ularga kelgusi faoliyatda motivatsiya berishga xizmat qildi.