XIZMАT INTIZOMINI MUSTАHKАMLАSH – MUHIM OMIL HISOBLАNАDI
Kuni kecha Qoʼriqlash Departamenti Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boshqarmasi boshligʼi hamda Qashqadaryo viloyati Qoʼriqlash boshqarmasi rahbariyati, Muborak tumani Qoʼriqlash boʼlimida xizmat olib borayotgan xodimlar ishtirokida profilaktik davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbirni oʼtkazishdan asosiy maqsad xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish masalalarini yanada mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, faoliyatda qonuniylik tamoyillarini toʼliq taʼminlash, shuningdek, xizmat davomida sodir etilishi mumkin boʼlgan turli koʼngilsiz holatlarning barvaqt oldini olishdan iborat edi.
Unda xizmat intizomi, ichki tartib qoidalari, xizmat davomida oʼzini tutish madaniyati, yoʼl harakati qoidalariga rioya qilish, shaxsiy xavfsizlikni taʼminlash va jamoat tartibini saqlash kabi muhim masalalar yuzasidan amaliy tavsiya va koʼrsatmalar berildi.