Yangiliklar

5 Sentyabr 2024

Harbiy xizmatchi va xodimlar oʻrtasida insholar tanlovi oʻtkazildi

Mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan joylarda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilmoqda. Jumladan, Samarqand hamda Surxondaryo viloyatlarida Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari bilan hamkorlikda Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari oʻrtasida "Mustaqillik - eng ulugʻ va eng aziz neʼmat!" mavzusida insholar tanlovlari oʻtkazildi.
Unda ishtirokchilar mustaqil Vatanimiz tarixi, istiqlol yillarida amalga oshirilgan ishlar, hozirda yangi Oʻzbekistonda olib borilayotgan islohotlar va oʻzgarishlar haqida oʻz tasavvurlarini bayon qildilar. Ishtirokchilarning ijodiy ishlarini ona tili va adabiyoti fanlari oʻqituvchilari baholab bordilar.
Tanlovlar yakunida eng yaxshi ijodiy ishlar aniqlanib, gʻoliblarga diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.