Yangiliklar

15 Noyabr 2024

Milliy gvardiya xodimlari va talabalar ishtirokida Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 33 yilligiga bagʻishlangan “Zakovat” intellektual oʻyini tashkil etildi.

Urganch shahridagi Mahmud Zamaxshariy nomidagi Xorazm viloyati axborot-kutubxona markazida Milliy gvardiya Xorazm viloyati boʻyicha boshqarmasi, “Qoʻriqlash” boshqarmasi hamda Urganch davlat pedagogika instituti talabalari ishtirokida “Bayrogʻimiz – faxrimiz, gʻururimiz” shiori ostida "Zakovat" intellektual oʻyini oʻtkazildi.

Tadbirda gvardiyachilar va talabalardan iborat jamoalar har biri uchun tayyorlangan qiziqarli va taʼlimiy savollar orqali oʻz bilimlarini, tez fikrlash va qaror qabul qilish qobiliyatlarini namoyon etdilar. Tadbirning asosiy maqsadi, xalqimizning milliy ruhini, milliy bayrogʻiga boʻlgan sadoqatini va vatandoshlik hissini yanada mustahkamlashdan iborat boʻlib, ishtirokchilar intellektual savodxonlik, tez fikrlash va jamoaviy ishlash qobiliyatlarini namoyon etdilar.

Bayrogʻimizning simvolik ahamiyatiga bagʻishlangan shu kabi tadbirlar, yoshlarning milliy gʻurur va mehr-muhabbat tuygʻularini shakllantirishga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga yoshlarning oʻz vataniga sadoqat, davlat ramzlariga hurmat hamda vatanparvarlik ruxi bilan kamol topishiga zamin yaratishi bilan ahamiyatlidir.