Yangiliklar

6 Fevral 2025

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi tinglovchilari oʻrtasida “Navoiy izdoshlari” nomli intellektual oʻyini oʻtkazildi

Shoir, mutafakkir, jahon adabiyotining yetuk siymolaridan biri, davlat arbobi, faylasuf Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi tinglovchilari oʻrtasida “Navoiy izdoshlari” nomli intellektual oʻyini oʻtkazildi.
Unda, 5 guruhdan iborat jamoa aʼzolari ishtirok etib, ishtirokchilar Alisher Navoiy qalamiga mansub asarlar, uning hayot va ijod yoʻli, olib borgan bunyodkorlik ishlari, qoldirgan boy maʼnaviy merosi, Turkiston oʻlkasining allomalari, ularning ijodi va amalga oshirgan buyuk ishlari borasidagi bir qator qiziqarli va mantiqiy savollarga javoblar berdilar.
Berilgan savollarga boshqa jamoalardan aniq va toʻgʻri javob bergan hamda faol ishtirok etgan "Qoʻriqlash" xizmati Tezkor harakatlanuvchi guruh aʼzolarining “Sherlar” jamoasi birinchi oʻrinni egalladilar.
Tadbir yakunida gʻolib jamoalarga markaz rahbarining tashakkurnomalari va esdalik sovgʻalari topshirildi.