YOSHLAR OʻRTASIDA TARGʻIBOT TADBIRLARI VA UCHRASHUVLAR, DAVRA SUHBATLARI HAMDA HARBIY-VATANPARVARLIK TADBIRLARI OʻTKAZIB KELINMOQDA
Oʻsib kelayotgan yoshlarni vatanparvarlik ruxida tarbiyalash, milliy anʼanalar va qadriyatlarga hurmat tuygʻularini shakllantirish hamda harbiylik kasbiga boʻlgan qiziqishlarini orttirish maqsadida Milliy gvardiya tizimlari tomonidan yoshlar oʻrtasida targʻibot tadbirlari va uchrashuvlar, davra suhbatlari hamda harbiy-vatanparvarlik tadbirlari oʻtkazib kelinmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri Milliy gvardiya Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda "Qoʻriqlash" boshqarmasi tomonidan Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti talabalari ishtirokida oʻtkazildi. Tadbir davomida talaba yoshlar harbiy qurol-aslaha, texnikalar bilan tanishtirildi. Bundan tashqari Namangan viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan tashkil etilgan kamondan otish sport turi boʻyicha mahorat darslari davomida oʻzlarining merganlik salohiyatlarini sinovdan oʻtkazish imkoniga ega boʻldilar.