YOSHLAR OʻRTASIDA QOʻL JANGI BOʻYICHA "QOʻRIQLASH" BOSHQARMASI BOSHLIGʻI KUBOGI MUSOBAQASI OʻTKAZILDI
Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi tashabbusi bilan yoshlar oʻrtasida qoʻl jangi sport turi boʻyicha "Qoʻriqlash" boshqarmasi boshligʻi kubogi uchun musobaqa oʻtkazildi.
Turli vazn toifasida 70 ga yaqin ishtirok etgan sportchi yoshlar mazkur musobaqada oʻz imkoniyatlarini sinab koʻrishdi. Sportchilar tomonidan murosasiz oʻtgan janglar mobaynida oʻz mahoratlarini namoyon eta olgan kuchli ishtirokchilar esa musobaqaning final bosqichiga yetib kelishdi.
Gʻolib boʻlgan ishtirokchilar musobaqa yakunida diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar.
Albatta, bunday musobaqalar kelgusida ushbu sport turini yoshlar oʻrtasida ommalashishi, yosh iqtidorli sportchilar kashf etilishi va ularning xalqaro musobaqalarda vatanimiz sharafini himoya qilishini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.