Yangiliklar

28 Iyun 2025

Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi shaxsiy tarkibi va tinglovchilari oʻrtasida giyohvandlikning salbiy oqibatlari, uning inson salomatligi va kelajak avlodga taʼsiri mavzusida seminar oʻtkazildi

Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni munosabati bilan Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi shaxsiy tarkibi va tinglovchilari oʻrtasida giyohvandlikning salbiy oqibatlari, inson salomatligiga va kelajak avlodga taʼsiri, shuningdek, sogʻlom turmush tarziga rioya qilish, mavsumiy kasalliklar va ularning profilaktikasi yuzasidan seminar mashgʻuloti oʻtkazildi.

Mashgʻulotga tashrif buyurgan Toshkent shahar IIBB poliklinikasi va Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent shahar filialining malakali mutaxassislari tomonidan, insoniyat qarshisida turgan eng katta muammolardan biri boʻlgan giyohvandlikning salbiy oqibatlari, uning zararli taʼsiri, mamlakatimizda mazkur zararli illatga qarshi olib borilayotgan keng koʻlamli ishlar, taʼsir choralari borasida batafsil maʼlumotlar berildi.