SPORTSЕVARLAR UCHUN TURLI YO‘NALISHLARDA MUSOBAQA TASHKIL ETILDI
Namangan viloyati Chust tumanidagi “Vatanparvar” tashkilotida "Tinchligimiz, taraqqiyoti va farovonlik uchun" shiori ostida oliy ta’lim muassasalari talabalari, shuningdek, o‘quvchilar hamda mahalla yoshlari o‘rtasida ko‘pkurash sport turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Namangan viloyat “Qo‘riqlash” boshqarmasi mas’ullari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda tashkil etishgan musobaqa jamoaviy tarzda o‘tkazilib, unda viloyatdagi yoshlardan iborat 7 ta guruh o‘zaro kuch sinashdilar.
Turnikda tortilish, qisqa masofaga yugurish, tosh ko‘tarish, kamondan otish hamda shaxmat-shashka bellashuvlarida mahorat, epchillik va aniqlik kabi sifatlar sinovdan o‘tkazildi.
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi.