Yangiliklar

10 Aprel 2023

QO‘NGʻIROT TUMANIDA SPORT MUSOBAQASI TASHKIL ETILDI

Milliy gvardiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi "Qo‘riqlash" boshqarmasi xodimlarining jismoniy va jangovar tayyorgarligini oshirish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishlarini takomillashtirish maqsadida sport musobaqalari o‘tkazilib kelinmoqda.

Mana shu maqsadda kuni kecha Qo‘ng‘irot tumanlararo "Qo‘riqlash" bo‘limi xodimlari orasida sportning mini futbol turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Musobaqada 4 jamoa tarkibida jami 30 dan ortiq xodimlar ishtirok etdi. O‘tkazilgan musobaqa natijalari bo‘yicha kuchli jamoalar g‘olib bo‘lishga erishdi va uyin yakunida munosib taqdirlandi.