Yangiliklar

31 Oktyabr 2023

MILLIY GVARDIYAGA BIRIKTIRILGAN HARBIY VATANPARVARLIK SINF OʻQUVCHILARI ISHTIROKIDA PSIXOLOGIK-TRENING HAMDA SPORT MUSOBAQALARI OʻTKAZILDI

Xorazm viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi tashabbusi bilan Yangiariq tumanida joylashgan 37-sonli oʻrta taʼlim maktabida sportning kamondan otish turi boʻyicha musobaqa, hamda psixologik-trening tashkillashtirildi. Dastlab, yoshlar mutaxassislar tomonidan kamondan otish sport turining tarixi va hozirgi kundagi faoliyati toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlishdilar. Shundan soʻng, oʻquvchilar oʻzlarining merganlik mahoratlari sinovdan oʻtkazib, ushbu sport turiga boʻlgan qiziqishlari yanada ortdi.
Shuningdek, psixolog mutaxassislar tomonidan oʻquvchilarning taʼlim olishlari borasidagi ishtiyoqini oshirish maqsadida psixologik trening mashgʻulotlari xam oʻtkazildi. Professional metodlardan foydalangan tarzda oʻtkazilgan mashgʻulotlar davomida oʻquvchilar oʻzlari uchun zarur boʻlgan bilim va tajribalarga ega boʻldilar. Tadbir yakunida musobaqa davomida gʻolib boʻlgan ishtirokchilar taqdirlandilar.