Yangiliklar

18 May 2023

SPORT VA YOSHLAR DOIMO BIRGA

Namangan viloyat "Qo‘riqlash" boshqarmasi mas’ullari tomonidan “Sport va yoshlar doimo birga” shiori ostida tadbir tashkil etildi. Unda Namangan shahridagi mahallarda istiqomat qiluvchi yigit-qizlar jam bo‘lib, o‘z salomatliklarini mustahkamladilar.

Kamondan otish va ot sport turlari doirasida dastlab ertamiz egalariga tushunchalar berildi. Ana shundan so‘ng har ikkala sport turida yoshlari o‘z mahoratlarini sinab ko‘rdilar. Ishtirokchilarning aksariyati ushbu sport turlari bilan ilk bora shug‘ullanishayotgan bo‘lsalarda natijalar unchalik yomon bo‘lmadi.

Har kim o‘z imkoniyatidan kelib chiqib bahslarda faol ishtirok etishga harakat qildi. Ayniqsa kutilmagan va unutilmas taassurotlarga boy o‘tgan ot bilan sayr o‘quvchilar xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladigan bo‘ldi.