Sportning taekvondo WTF turi boʻyicha musobaqa oʻtkazildi
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jizzax mintaqaviy oʻquv markazida Bolalar va oʻsmirlar sport maktablari bilan hamkorlikda sportning taekvondo WTF turi boʻyicha Markaz boshligʻi kubogi musobaqasi oʻtkazildi.
Musobaqa maktab oʻquvchilari, mahalla yoshlari hamda BOʻSM sportchilari oʻrtasida oʻtkazildi. 10-14 yosh toifasidagi oʻgʻil-qizlar ishtirokida boʻlib oʻtgan bellashuvlar juda qizgʻin tarzda tashkillashtirilib, hakamlar hayʼati tomonidan haqqoniy baholab borildi.
Chempionatda ishtirok etgan sportchi yoshlar markaz boshligʻining diplom, medal hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.