Yangiliklar

6 Noyabr 2025

Qoʻriqlash departamentida sport musobaqalari yakunlandi

11 noyabr — Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan Qoʻriqlash departamenti boʻlinmalari jamoalari oʻrtasida mini-futbol va stol tennisi sport turlari boʻyicha musobaqalar boʻlib oʻtdi.

Tadbir sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, xodimlar oʻrtasida jipslik va hamjihatlikni mustahkamlash, shuningdek, ularning jismoniy tayyorgarligini oshirish maqsadida tashkil etildi. Bellashuvlarda Qoʻriqlash departamentining turli boʻlinmalaridan iborat 10 ta jamoa ishtirok etib, qizgʻin va doʻstona ruhdagi bahslarni namoyon etdi.

Mini-futbol boʻyicha bahslar natijalari quyidagicha:
3-oʻrin — Xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalarini qoʻriqlash boʻyicha alohida batalon jamoasi;
2-oʻrin — Toshkent shahar Qoʻriqlash boshqarmasi jamoasi;
1-oʻrin — Davlat organlari obyektlarini qoʻriqlash boʻyicha boshqarma jamoasi.

Stol tennisi boʻyicha musobaqa natijalari esa quyidagicha:
3-oʻrin — Qoʻriqlash departamenti Ilmiy-tadqiqot markazi xizmatchisi Xatamova Shirina;
2-oʻrin — Toshkent shahar Qoʻriqlash boshqarmasi xodimasi Pirnafasova Aʼloxon;
1-oʻrin — Qoʻriqlash departamenti xodimasi Yunusova Dilbar egalladi.

Tadbir yakunida Qoʻriqlash departamenti rahbariyati va Kasaba uyushmalari masʼullari soʻzga chiqib, ishtirokchilarni bayram bilan tabrikladi hamda gʻolib va sovrindorlarga diplom, kubok va esdalik sovgʻalarni topshirdi.