Yangiliklar

21 May 2023

SPORT – SALOMATLIK GAROVI

Sportning har qanday turi kishilarning salomatligini mustahkamlab, ularning chiniqib, baquvvat bo‘lishlariga ko‘makdosh bo‘ladi. Ayniqsa jismoniy tarbiya bilan doimiy shug‘ullanish harbiy xizmatchilar uchun juda muhim. Toshkent shahridagi huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillaridan iborat 16 ta jamoa ishtirokida futbol musobaqalari tashkil etildi. Dinamo jismoniy tarbiya va sport jamiyatining 32 spartakiada dasturidan o‘rin olgan ushbu sport turida jamoaviy birdamlik, ahillik va epchillik sinovdan o‘tkazildi.
Ushbu jamoalar uchun epchillik ham jamoaviy birdamlik ham begona emas. Ular o‘z xizmatlari davomida ushbu sifatlar bilan kun davomida hamroh. Biroq, g‘alaba uchun faqat shular kifoya emas. Buning uchun tezkor harakatlar bilan bir qatorda zarbalarni to‘g‘ri yo‘naltira olish qobiliyati ham talab etiladi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar nomi aniqlanadigan fursat ham yetdi. Faxrli 3 o‘rin Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlariga nasib etgan bo‘lsa, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining epchil yigitlari 2 o‘ringa munosib ko‘rildi.
Toshkent shahar "Qo‘riqlash" boshqarmasi xodimlaridan iborat jamoa shohsupaning yuqorisidan joy oldi. Ular faxrli 1 o‘ringa munosib ko‘rildi.