SPORT – SALOMATLIK, DO‘STLIK VA EPCHILLIKNI MUSTAHKAMLOVCHI ASOSIY MANBA
Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasining shahar va tuman "Qo‘riqlash" bo‘limlari tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida "Yosh gvardiyachi" harbiy-sport musobaqasining tuman bosqichi o‘tkazilmoqda.
Musobaqalarda o‘quvchi-yoshlar kamondan otish, yugurish, safda yurish va boshqa bir qator shartlarda o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi. Shu kunga qadar viloyatning bir necha tumanlaridan ham bellashuvlarning hududiy bosqichi tashkil etildi.
O‘quvchi-yoshlarni Vatanga muhabbat, harbiy burchga sadoqat ruhida tarbiyalash, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida tashkil etilgan harbiy sport musobaqalarida faxrli o‘rinlarni egallagan jamoalar viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.
Viloyatda “Yosh gvardiyachi” harbiy sport musobaqasining hududiy bosqichlari davom etmoqda.