Yangiliklar

3 Aprel 2023

“SPORT – MENING DO‘STIM” SHIORI OSTIDAGI MUSOBAQALAR BO‘LIB O‘TDI

Yigit-qizlarning intellektual salohiyatini mustahkamlash bilan bir qatorda, ularni chiniqtirish, salomatliklarini mustahkamlash ham muhim jarayonlardan biridir. Ana shu maqsadda kuni kecha Namangan viloyat “Qo‘riqlash” boshqarmasi xodimlari Yangi Namangan tumanidagi 86-umumta’lim maktabida “Sport – mening do‘stim” shiori ostida o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazdilar.

Tuman hokimligi hamda Xalq ta’limi bo‘limi mas’ullari bilan hamkorlikda tashkil etilgan musobaqalarda o‘quvchilar turli yo‘nalishlarda bellashdilar.

Jamoaviy hamda yakkalik tarzida bahslarga kirishgan sportsevarlar shaxmat, stol tennisi, gimnastika kabi sport turlarida kuch sinashdilar.

Shuningdek, etnosport turlaridan biri bo‘lgan kamondan otishda ham yosh merganlarning mahorati sinovdan o‘tkazildi. Tashkil etilgan ushbu musobaqadagi har bir yo‘nalish bo‘yicha maktabda to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularda yuzlab o‘g‘il-qizlar o‘z salomatliklarini mustahkamlamoqdalar.