Yangiliklar

1 Iyun 2023

SPORT – JISMONAN YЕTUK VA MA’NAN BARKAMOL INSONLARNI TARBIYALASHDA MUHIM VOSITA

Yurtimiz kelajagi bo‘lmish har bir o‘sib kelayotgan yoshlarning hayotda munosib o‘rin egallashi ayni vaqtda jamiyat va davlatning doimiy e’tiboridagi ustuvor vazifa hisoblanadi. Yoshlarni kasb tanlashga yo‘naltirish, jamiyatda o‘z o‘rnini topish esa muhim ahamiyat kasb etadi.

1 Iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bayrami munosabati bilan Respublika o‘g‘il bolalar o‘quv-tarbiya muassasasi tarbiyalanuvchilari ishtirokida madaniy-ma’rifiy va ko‘ngilochar, hamda sport tadbirlar tashkil etildi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Markaziy devoni, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati markaziy kengashi, Guliston harbiy prokuraturasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda tarbiyalanuvchilar uchun 5 ta muhim tashabbus doirasida sportning mini-futbol, arqon tortish, stol tennisi, kurash, kamondan otish va shaxmat-shashka turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilib, yoshlar o‘zaro bellashdilar.

Tadbirning ikkinchi qismida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabasi, para sportchi qilichbozlik, yadro disk otish bo‘yicha sportchi va motivator Murodbek Jigitov ishtirokida davra suhbati ham bo‘lib o‘tdi.

Kunning ikkinchi yarmida tadbirning badiiy qismi tashkil etilib, sport musobaqalarida faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan va faol ishtirok etgan tarbiyalanuvchilar diplom va qimmatbaho sovg‘alar, hamda kubok bilan mukofotlandi.

Tadbir davomida tarbiyalanuvchilarni madaniy xordiq olishlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi ashula va raqs ansambli san’atkorlari tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.