SPORT BILAN HAMNAFAS YOSHLAR – SOGʻLOM KELAJAK POYDEVORIDIR
Namangan viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi hamda Chortoq tuman xalq talimi bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda "Yosh gvardiyachi" harbiy sport musobaqasining tuman bosqichi bellashuvlari o‘tkazildi.
Unda musobaqaning sektor bosqichida g‘olib bo‘lgan umumta’lim maktablari va 5-sonli davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilaridan iborat jamoalar ishtirok etib g‘oliblik uchun o‘zaro bellashdilar.
Musobaqa murosasiz bahslarga boy bo‘lgan to‘rt shart asosida va ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Ayniqsa, kamondan otish orqali mo‘ljali aniq nishonga olish va jabrlanganlarga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish shartlari ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otdi.
Bellashuvning tuman bosqichi g‘olibi 5-sonli davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati jamoasi bo‘ldi. Musobaqa g‘oliblariga tashkilotchilarning esdalik sovg‘a, medal va diplomlari topshirilishi bilan birga viloyat bosqichiga yo‘llanmani ham qo‘lga kiritishdi.