Yangiliklar

25 Mart 2023

RUHIY BARQARORLIK – ISHONCHLI QO‘RIQLOVNI TA’MINLASHDA MUHIM JIHATLARDAN BIRI

Qoraqalpog‘iston Respublikasi "Qo‘riqlash" boshqarmasi xizmat psixologlari tomonidan Nukus shaharlararo "Qo‘riqlash" bo‘limi xodimlari uchun psixologik treninglar o‘tkazildi.

Shaxsiy tarkibning ruhiy barqarorligini mustahkamlash, ulardagi turli ruhiy zo‘riqishlarning oldini olish, shaxslar bilan muomalaga kirishganda muloqot usullari kabi muhim jihatlarni o‘z ichiga olgan ushbu treningda asosiy e’tibor xodimlarning eslab qolish qobiliyatlarini mustahkamlash, oson va samarali muomalaga kirish usullariga qaratildi.

Shuningdek, “Daraxt”, “Osmon” kabi nomlangan trening mashg‘ulotlarida xodimlarning zukkoliklari ham sinab ko‘rildi.