HARBIY VATANPARVARLIK SINFLARI BILAN MAʼNAVIY-MAʼRIFIY TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA
Milliy gvardiya Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda "Qoʻriqlash" boshqarmasi tomonidan Pop tumanida joylashgan 1-sonli maktabining Milliy gvardiyaga ixtisoslashtirilgan sinf oʻquvchilari bilan Chavandozlar maktabi, Oʻzbekiston yoshlar markazi, viloyat tarixi va madaniyat davlat muzeyiga sayohat tashkil etildi.
Mazkur sayohat davomida oʻquvchilar muzeyda joylashgan turli xil mavzusidagi eksponatlar, asori atiqalar bilan tanishib, Namangan viloyatining boy madaniy tarixi haqida koʻplab maʼlumotlarga ega boʻlishdi.
Shundan soʻng chavandozlar maktabiga ham sayohat tashkil etilib, mutaxassislar tomonidan qorabayir zotli otlarni parvarishi, yashash tarzi va ot sportining turli yoʻnalishlari haqida maʼlumotlar berdilar.
Tadbir yakunida oʻquvchilar Oʻzbekiston yoshlar markazi hamda "Qoʻriqlash" boshqarmasiga tashrif buyurib, u yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
Bunday tadbirlarni tashkil qilinishi oʻquvchi yoshlarga vatanparvarlik tuygʻularini shakllantirishda muhim oʻrin tutadi va bu oʻz navbatida Milliy gvardiyaga boʻlgan qiziqishlarini yanada orttiradi.