Aholi orasida begʻaraz donorlik harakatini rivojlantirish maqsadida hududlarda qon quyish stansiyalari mutaxassislari tomonidan donorlik aksiyalari oʻtkazib kelinmoqda.
Aholi orasida begʻaraz donorlik harakatini rivojlantirish maqsadida hududlarda qon quyish stansiyalari mutaxassislari tomonidan donorlik aksiyalari oʻtkazib kelinmoqda.
Navbatdagi begʻaraz yordam Qashqadaryo viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi tomonidan oʻtkazildi. Unda xodimlar begʻaraz qon topshirish aksiyada ishtirok etib, bemor qalblarga yordam berish, oʻzgalar hayotini saqlab qolishda oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshishdi.
Muntazam tashkil etib kelinayotgan “Men donorman” aksiyasida donorlar safi kun sayin kengayib bormoqda. Bu ham boʻlsa mutaxassislarning begʻaraz donorlik harakatini rivojlantirish borasida olib borayotgan saʼy harakatlarining natijasidir.