Yangiliklar

22 Iyun 2024

XODIMLARNING TIBBIY TAYYORGARLIK BOʻYICHA KOʻNIKMALARI OSHIRILMOQDA

Sirdaryo viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi Tibbiyot mutaxassislari tomonidan Guliston shaharlararo "Qoʻriqlash" boʻlimi xodimlari ishtirokida jarohatlanganda tashqi qon ketganda oʻziga va safdoshlariga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, turniket hamda shaxsiy bogʻlov paketidan toʻgʻri foydalanish usullari va boshqa mavzular boʻyicha davra suhbati va amaliy mashgʻulot oʻtkazildi.
Tadbirda xodimlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatishda nimalarga eʼtibor qaratish kerakligi va tibbiy anjomlaridan toʻgʻri hamda samarali foydalanish boʻyicha maʼlumotlar berib oʻtildi. Shuningdek ularning tibbiy bilimlarini yanada oshirish maqsadida video lavhalar namoyish etildi.

Close menu