Yangiliklar

1 Iyun 2025

Xodimlar ijtimoiy himoyasi – doimiy eʼtiborda

Qoʻriqlash Departamenti va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan tizimda xizmat qilayotgan xodimlarning oilaviy sharoiti va muammolarini oʻrganish, ularga har tomonlama yordam koʻrsatish, ijtimoiy himoyasini taʼminlash borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Shu maqsadda, bayram munosabati bilan rahbariyat va mutasaddilar tomonidan xodimlarning yashash xonadonlariga tashriflar buyurib, ularning oila aʼzolari bilan suhbatlar oʻtkazildi, mavjud muammolar va ehtiyojlar oʻrganildi.

Tashriflar davomida xodimlar va ularning oila aʼzolarining muammolarini aniqlash, yakka tartibda ishlash orqali ularning hayot tarzini yaxshilash hamda ijtimoiy faolligini oshirish, shuningdek, aniqlangan muammolarni kompleks va manzilli hal qilish, salomatliklarini tiklashlariga koʻmaklashish boʻyicha mutasaddilarga vazifalar belgilandi.

Vatanimiz tinchligi va farovonligi yoʻlida xizmat qilgan xodimlarning farzandlariga, ota-onalariga juda katta minnatdorchilik bildirishdi. Halok boʻlgan xodimlarning xotirasi yana bir bor yodga olindi, shu bilan birga xizmat vaqtidagi xotiralar xotirlandi. Ularning farzandlariga esa sovgʻalar topshirildi hamda bayramona kayfiyat ulashildi.