Yangiliklar

16 Noyabr 2024

Xodimlar ekologiya va atrof-muhitni asrash hamda tabiatimizni koʻkalamzorlashtirish ishlarida faol ishtirok etishmoqda

Koʻchat ekib, bogʻ yaratish – ajdodlarimizdan qolgan qadriyatlarimizdan biridir. Shu boisdan ham davlatimiz rahbarining faol tashabbusi ortidan yurtimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilmoqda. Milliy gvardiya "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari xodimlari ham ekologiya va atrof-muhitni asrash hamda tabiatimizni koʻkalamzorlashtirish ishlarida faol ishtirok etishmoqda.
Xususan, belgilangan hududlarda tut, gilos, kashtan, akatsiya, chinor singari mevali va manzarali daraxtlar nihollari, suvsizlikka chidamli, iqlimga mos boʻlgan qayragʻoch, bodom, shuningdek odamlar koʻngliga xush yoqadigan va yoqimli ifor taratadigan rayhon, lavanda, gultojixoʻroz, xrizantema singari gullar ekilmoqda.
Bugun ham mazkur hududlarni yashil makonga aylantirish maqsadida har bir harbiy xizmatchi va xodimlar, mahalla faollari milliy qadriyatlarimizni ulugʻlagan holda kelajak avlod uchun yashil bogʻ yaratish maqsadida birdamlikda mehnat qilishdi. Ushbu bogʻlar kelgusida “Yashil makon” umummilliy loyihasining eng namunali, eng bahavo joylaridan biriga aylanishi shubhasiz.