Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Respublikamiz boʻylab mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish hamda fuqarolar osoyishtaligini taʼminlash boʻyicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Respublikamiz boʻylab mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish hamda fuqarolar osoyishtaligini taʼminlash boʻyicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, "Xavfsiz hudud", "Xavfsiz mahalla" tamoyillari asosidagi ishlar doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi "qizil" toifaga kiritilgan mahallalarni jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish, aholini tinch va osuda hayotini taʼminlash, mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarga zamonaviy qoʻriqlash signalizatsiya uskunalaridan samarali foydalanish ahamiyatli jihatlarini tushuntirish maqsadida Qoʻriqlash boshqarmasi, IIB va "mahalla yettiligi" bilan hamkorlikda targʻibot-tashviqot tadbirlari oʻtkazildi.
Mazkur tadbirlar savdo markazlari va koʻp qavatli binolarning joylashgan hududlarida tashkil etilib, xodimlar tomonidan fuqarolarga hayotimizga tadbiq etilayotgan zamonaviy qoʻriqlash signalizatsiya uskunalaridan samarali foydalanish, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulklarini ishonchli qoʻriqlash, "tashvish tugmalarini" oʻrnatish boʻyicha maʼlumotlar berib oʻtildi.
Tushuntirishlar mobaynida koʻplab obyekt va xonadonlar qoʻriqqa olishda koʻrsatiladigan xizmatlar, uning fuqarolar uchun foydali tomonlari toʻgʻrisida aytib oʻtilib, obyektlarga ishonchli Qoʻriqlash xizmatini koʻrsatishning samarali ekanligi haqida koʻplab maʼlumotlar berib oʻtildi.