Yangiliklar

24 Avgust 2024

Milliy gvardiya Namangan viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari "Men donorman" shiori ostidagi xayriya qon topshirish aksiyasida qatnashishdi

Bemor qalblarga yordam koʻrsatish maqsadida ishtirok etayotgan xodimlar bu kabi tadbirlarda mana necha yildirki muntazam ravishda oʻzining beminnat xizmatlarini koʻrsatib kelishmoqda.
Mazkur xayriya aksiyasi nafaqat savobli ishlar yoʻlidagi ezgu amallardan biri balki, qon berib borish xodimlar salomatligini yanada mustahkamlashga, har bir bemorning shifo topishi, hayotga boʻlgan umidini oshirishga xizmat qiladi.
Muntazam tashkil etib kelinayotgan “Men donorman” aksiyasida donorlar safi kun sayin kengayib bormoqda. Bu ham boʻlsa mutaxassislarning begʻaraz donorlik harakatini rivojlantirish borasida olib borayotgan saʼy harakatlarining natijasidir.