Xodimlar Abu Muin Nasafiy majmuasini ziyorat qilish uchun tashrif buyurishdi
Bilamizki, inson ziyoratgohlarga borib, ziyorat odoblariga amal qilgan holda oʻtgan ajdodlar ruhini xotirlasa, ularning haqqiga duo qilsa, katta savoblarni qoʻlga kiritadi. Oʻtgan ajdodlar yotgan tabarruk joylarini ziyorat qilishning esa tarbiyaviy ahamiyati kattadir. Chunki ajdodlarimiz ruhini xotirlasak, kelajak avlodlarimiz ham bizni xotirlashadi.
Bugun ayni maqsadda Qashqadaryo viloyati Qoʻriqlash boshqarmasida xizmat olib borayotgan bir guruh xodimlar Qarshi tumanidagi "Qovchin" mahallasida joylashgan Abu Muin Nasafiy majmuasini ziyorat qilish uchun tashrif buyurishdi.
Mutaxassislar taʼkidlaganidek, davlatimiz rahbari Abu Muin Nasafiy asarlari bugungi kun uchun ham gʻoyat ahamiyatli ekani, ularni nashr qilib, mazmun-mohiyatini yosh avlodga yetkazish zarurligini alohida taʼkidlagan edilar. Mana shu topshiriqqa binoan alloma Abu Muin Nasafiyning bugungi kunda ham dolzarb ahamiyatga ega boʻlgan bir qator asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilinib, xalqimizga tuhfa etildi.