Fargʻona viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi hamda Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi targʻibot tadbirlari oʻtkazildi
Jumladan, kuni kecha Rishton tumani hududidagi aholi va tadbirkorlik obyektlari bilan "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida tashkil etilgan tadbirlar davomida hududlarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulklarini ishonchli qoʻriqlashni taʼminlashda zamonaviy qoʻriqlash signalizatsiya uskunalaridan foydalanishni targʻib qilish, fuqarolarga Qoʻriqlash xizmati afzalliklaridan foydalanish, sohaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va yaratilayotgan qulayliklar borasida tushunchalar berildi.
Oʻz obyekti yoki xonadonini Qoʻriqlash xizmatiga topshirmoqchi boʻlgan fuqarolar oylik toʻlovlar miqdori, texnik vositalarga xizmat koʻrsatish tartiblari haqida ham batafsil maʼlumotlar berildi. Yakunda esa oʻz savdo doʻkonlarini qoʻriqqa topshirish istagini bildirgan tadbirkorlar belgilangan tartibda arizalar qabul qilindi.
Bu kabi tadbirlar respublikamizning barcha hududlarida oʻtkazilmoqda.