Andijon viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari donorlik aksiyasida faol ishtirok etmoqda
Inson hayoti eng ulugʻ qadriyat. Uni asrash, bir insonga umr baxshida etish — har qanday saxovat va jasoratdan ustun turadi. Shu maʼnoda, “Donor boʻlib, kimningdir hayotini saqlab qoling” shiori ostida mamlakatimizda oʻtkazilayotgan umumxalq aksiyasi jamiyatimizda bagʻrikenglik, hamdoʻstlik va insonparvarlik tuygʻularini yanada mustahkamlamoqda.
Ushbu ezgu tashabbus doirasida Andijon viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari ham faol ishtirok etishdi. Ular ixtiyoriy ravishda donor sifatida qon topshirib, muhtoj insonlarga hayot sovgʻa qilishdek savobli ishga oʻz hissalarini qoʻshdilar.
Bunday aksiyalar, avvalo, jamiyatda birdamlik va hamjihatlikni kuchaytiradi. Shu bilan birga, tibbiyot muassasalaridagi qon zaxirasini boyitib, favqulodda holatlarda oʻz vaqtida tibbiy yordam koʻrsatilishiga xizmat qiladi.