Yangiliklar

4 Dekabr 2024

"Qoʻriqlash" xizmati xodimlari qon topshirish aksiyasida ishtirok etishdi

3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan, Xorazm, Jizzax viloyatlari hamda Toshkent shahri “Qoʻriqlash” boshqarmalari xodimlari "Bor mehrimiz senga, bolajon" shiori ostidagi begʻaraz donorlik aksiyalari ishtirok etishdi.
Xodimlardan begʻaraz yordam sifatida olingan qon preparatlari, gematologiya boʻlimlarida davolanayotgan bemorlarning salomatligini yaxshilashga yoʻnaltiriladi.
Ezgulikning yorqin namunasi boʻlgan bu kabi xayriya aksiyalarini oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad, ogʻir xastaliklarga chalingan bemorlarning sogʻlom hayotga qaytishlariga oʻz hissalarini qoʻshishdan iboratdir.
Bu kabi tadbirlar tibbiy-ijtimoiy koʻmakka muhtoj fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash, bemor qalblarga yordam berish, insonlarni koʻngilli ravishda qon topshirishga chorlash orqali bemorlarning hayotini saqlab qolishda muhim ahamiyat kasb etadi.