Yangiliklar

7 Avgust 2024

"QOʻRIQLASH" XIZMATI XODIMLARI TOMONIDAN VATANPARVARLIK VA KOʻNGILOCHAR TADBIRLARI, SPORT MUSOBAQALARI OʻTKAZILIB KELINMOQDA

Mamlakatimizda navqiron avlod salomatligini mustahkamlash, ularning jismoniy, intellektual va maʼnaviy rivojlanishi uchun keng imkoniyat va qulay sharoit yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ayniqsa, oromgohlarda dam olayotgan oʻgʻil-qizlarning yozgi taʼtil vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida "Qoʻriqlash" xizmati xodimlari tomonidan vatanparvarlik va koʻngilochar tadbirlari, sport musobaqalari oʻtkazilib kelinmoqda.
Jumladan, kuni kecha Namangan, Fargʻona va Samarqand viloyatlaridagi oromgohlarda ham tashkil etilib, tadbir davomida bolajonlarda vatanga boʻlgan muhabbat, sadoqat va jasorat tuygʻularini shakllantirish maqsadida Milliy gvardiya xodimlarining koʻrgazmali chiqishlari namoyish etildi.
Harbiy orkestr jamoasi tomonidan ijro etilgan musiqali chiqishlar tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uygʻotgan boʻlsa, bolalar oʻrtasida sportning suzish, voleybol hamda shaxmat-shashka turlari boʻyicha tashkillashtirilgan sport musobaqalari bolalar uchun qiziqarli boʻlib, ularga bir olam quvonch bagʻishladi.
Shundan soʻng kamondan otish sport turi boʻyicha mahorat darslari ham tashkil etildi.
Tadbirda soʻz olganlar oʻquvchi yoshlar yozgi taʼtilni maroqli oʻtkazishi, buning uchun oromgohda yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish doʻstlar orttirishi, bilim va koʻnikmalarini yanada boyitib borishlari hamda vatanparvarlik ruhida kamol topishlari lozim ekanligi, bu borada esa Milliy gvardiya doim koʻmakdosh boʻlishga tayyor ekanligi xususida toʻxtalib oʻtdilar.
Yakunda faol ishtirok etib, yuqori natijalar qayd etgan bolajonlar diplom va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandilar.